neologizmlar.uz
Loyiha haqida
«O‘zbek tili neologizmlari: axborot-qidiruv leksikografik resursi» — zamonaviy o‘zbek tilidagi yangi so‘zlar, iboralar va semantik neologizmlarni jamlash, izlash hamda ilmiy o‘rganishga mo‘ljallangan raqamli platformadir.
Loyiha mustaqil tadqiqotchi, o‘qituvchi Vapayeva Anaxon Nasurillayevna tomonidan «O‘zbek va rus tillaridagi neologizmlarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya doirasida yaratilgan.
Resursda o‘zbek tiliga turli davrlarda kirib kelgan yoki tilning ichki imkoniyatlari asosida shakllangan, izohli lug‘atlarda hali to‘liq qayd etilmagan innovatsion birliklar jamlanadi. Materiallar lug‘atlar, OAV, jonli nutq va ilmiy manbalar asosida shakllantiriladi.
Platformaning asosiy maqsadi — o‘zbek tili neologizmlarini semantik guruhlar, paydo bo‘lish davri, o‘zlashish manbayi kabi mezonlar asosida tizimlashtirish va tadqiqotchilar uchun qulay ilmiy manba yaratishdir.
Resurs tilshunoslar, leksikologlar, leksikograflar, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda o‘zbek tili taraqqiyoti bilan qiziquvchi barcha foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Kontaktlar
Elektron pochta: anechkavapayeva@gmail.com